Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Afina.Uz сайти сизга ёкдими?
Результаты
Всего ответов: 155
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

Дата: 17.05.2024
Автор: admin

Hoyu-havaslardan charaqlab turmay,

Ko’ngil ko’chasidan yaraqlab yurmay,

O’z taqdir kitobin vaqarlab ko’rmay,

Bolasin o’ylagan onajonimsiz!

Irmog’im tuzatgan buloq o’zingiz,

Izimda yoshlarin to’kar ko’zingiz,

Jonimni asraydi duo-so’zingiz,

Baxtimdan so’ylagan onajonimsiz!

Yashaysiz qismatga shukrlar qilib,

Shirin orzu ,Yaxshi umidlar qurib,

Qomatim ko’rganda,quvonib kulib,

Bo’yimni bo’ylagan onajonimsiz!

Siz shundayin muattar,shundayin tanho,

Oftob qalbingizdan olami ziyo,

Siz shunday beminnat bir mehri daryo,

Yuragi kuylagan onajonimsiz!

Hoyu-havaslardan charaqlab turmay,

Ko’ngil ko’chasidan yaraqlab yurmay,

O’z taqdir kitobin vaqarlab ko’rmay,

Bolasin o’ylagan onajonimsiz!

Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 618

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]