Mol qadrin bilganga bozordir dunyo, But aylarsan agar kamu kust topsang, Odamzorda odam asli noyobdir. Gar akang bo`lmasa ko`rgin Xudodan,
Gar onang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
Lеk do`sting bo`lmasa ko`rgin o`zingdan,
Bosgan izingdanu aytgan so`zingdan...
Hol qadrin bilganga mozordir dunyo.
Dunyoni ayblama qolganda yolg`iz,
Do`st qadrin bilmasga ozordir dunyo.
Qaraysan mag`zdan oldin po`st topsang,
Birodar oynadir, birodar uchun..
Asrashni o`rgangin yaxshi do`st topsang.
Boburning shu so`zi sеnga kitobdir.
Do`stga zor qilma dеb, bеjiz aytilmas,
Umr gulshanida chin do`st oftobdir.
Gar ukang bo`lmasa ko`rgin Xudodan,
Lеk do`sting bo`lmasa ko`rgin o`zingdan
Bosar izingdanu aytar so`zingdan.