Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Afina.Uz сайти сизга ёкдими?
Результаты
Всего ответов: 155
Архив записей
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

Yurak yutib SEVGIMNI IZXOR qilsammikin yoki bir umr....

Дата: 08.05.2024
Категория: Sevgi / Любовь
Автор: admin

Oldinlari sevgiga umuman ishonmasdim. Xattoki Qizlar bilan yumshoq muomalada gaplashishni xam bilmas edim. Ochig`i o`zimxam bilmayman nega bunday ekanimni. Oradan mana shuncha vaqt o`tib yoshim 21 ga kirib xayotim tubdan o`zgardi. Bir qizni uchratdim, u bilan tanishib, xattoki yaqin do`stlaridan biriga aylandim. Oldingi qo`pol, qo`rs, jaxldor insondan umuman boshqa insonga aylandim. Utufayli sevgi nimaligini, qanday tuyg`u ekanini sezdim. Qiziq shunday sevgi xam bo`larkanki uni ko`rmay turib, ovozini eshitmay turib xam , unga nisbatan qalbingda sevgi paydo bo`lar ekan. Xa uni tanishganimdan beri umuman ko`rmaganman, xattoki ovozini bir marotaba xam eshitmaganman. Lekin shunday bo`lsa xam unga qalbim talpinaveradi. U bilan SMS orqali gaplashaman, dildan miriqib suxbat quraman. U boshqa qizlarga umuman o`xshamaydi. Do`stini qalbiga ozor yetgazmasdan odob doirasida gapiradigan qizlar toifasiga kiradi. U bilan xar safar suxbat qurganimda yuragim xapqirib ketadi uni yoniga intiladi. <<Qani endi iloji bo`lsayu uni xar nafas olganimda ko`rib tursam, AFSUS xozirda undan ancha olisdaman.>> Shu suxbat orasida unga qalbimni ochgim keladi lekin xar safar gaplashganimda unga aytolmayman. Chunki qo`rqaman... xa judayam qo`rqaman. Agarda unga sevishimni aytsam uni yo`qotishdan judayam qo`rqaman. Bilmayman balki uni qalbida xam kimdir bordir, u xam kimnidir qattiq sevar... Balki u sevgiga ishonmas. gar sevishimni eshitgach mandan ketishidan, sevgimni rad etishidan qo`rqaman. Boshimda 1000 xil o`y-xayol, nima qilishimni bilmayman. Yurak yutib SEVGIMNI IZXOR qilsammikin yoki bir umr.............. ochig`i bir qarorga kelolmayabman Nima qilsam bo`ladi?? Judayam xoxlayman unga sevgi izxor qilishni, uni vasliga yetishni, baxtli yashashni juda-juda xoxlayman . Balki unga yetarman yoki yetmasman

Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 2499