Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Сайтимиз дизайини сизга ёкдими?
Результаты
Всего ответов: 161
Архив записей
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

YOMG'IRLAR YOG'SA GAR, SAYR QILGANI KEL!

Дата: 09.05.2024
Автор: admin
Bugun sensiz ko'chalarni yolg'iz kezaman. 
O'ksib yig'lab, seni eslab bag'rim ezaman. 
Yonimdasan his etaman, tafting sezaman.
Ado bo'ldim yig'layverib tushlarimga kir.
Yomg'ir yog'di, kelgin birga sayr qilamiz yur. 

Yuragimni tilka-pora etib ketding sen. 
Bu cho'llarda meni kimga tashlab ketding sen.? 
Bir zum unutolmam, hatto kunu-tun. 
Ko'p sog'indim ko'zlaringni tushlarimga kir. 
Yomg'ir yog'di kelgin birga sayr qilamiz yur! 

Sensiz holim qay ahvolda, ayt bilmaysanmi? 
Doimgidek qushdek uchib sen kelmaysanmi? 
Hech bo'lmasa tushlarimda bir kulmaysanmi? 
Izlasam yo'qsan netay, tushlarimga kir. 
Yomg'ir yog'di kelgin birga sayr qilamiz yur.! 

Xatlaringni takror o'qib ovundim gohi. 
Go'yo sensiz suvsiz qoldi sevgimiz bog'i. 
Falaklarni tutib ketdi sevgiling ohi!,, 
Kutib seni ko'p charchadim tushlarimga kir. 
Yomg'ir yog'di kelgin birga sayr qilamiz yur!!! 

Yuzim tabassumni unutgan sensiz. 
Hechkimsa sezmaydi yig'larman unsiz. 
Go'yoki yuraman bu tanam jonsiz. 
Iforing istayman tushlarimga kir. 
Yomg'r yog'di kelgin sayr qilamiz yur!!!! 

Qalbim cho'qqisiga o'zing yetganding. 
Qo'limda jon berding, jonsiz yotganding. 
Ko'zimdan ko'zingni uzmay ketganding. 
Sog'indim, sog'indim sog'inchimn bil! 
Yomg'irlar yog'sa gar sayr qilgani kel!!!!
Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 1676