Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Ёшингиз нечида?
Результаты
Всего ответов: 372
Архив записей
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

YAXSHI BOLDI... YOMON BOLSAHAM!!

Дата: 29.04.2024
Категория: Sevgi / Любовь
Автор: admin

Yaxshi bo’ldi- sendan ayrildim, 

Ketmog’im chun topib berding yo’l. 

Bu dunyoda seni topdim

deb, 

Yo’qotibman o’zimni butkul. 

Yaxshi bo’ldi, yechildi bugun, 

Oyog’imdan bu zanjir, bu g’ul. 

Ikki dunyo seni shohim deb, 

Qul qilibman o’zimni butkul. 

 

Yaxshi bo’ldi, yomon bo’lsa ham, 

Yuragimni ezsa ham darding. 

Men aqlini topgan telbaday, 

Poylaringdan boshim ko’tardim. 

 

Kechir, ozor berib mehrim-la, 

Zeriktirdim men-sodda, men- go’l. 

Bu dunyoda seni borsan deb, 

Boshqalardan kechibman butkul. 

 

Xudoyimning jazosi qutlug’ 

Sendan ketdim, ey qahrli gul. 

Shukr, shukr…Seni yod etib, 

Unutibman Xudoni butkul. 

 

Shuning chun ham omon bo’l endi, 

Men bariga silkib qo’ydim qo’l. 

Angladimki, seni yo’qotsam, 

Xudoyimni topaman butkul. 

 

Endi xayr, endi alvido.! 

Bari ro’yo, bari sarob, kul. 

Dargohingga sig’maganimday, 

Yuragimga sig’masman butkul. 

 

Men mehrmand, telba go’dakday, 

Ko’z yoshimga yomon toyrildim. 

Yaxshi edi… seni topganim, 

Yaxshi bo’ldi-sendan ayrildim.

 

Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 1868