Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Сиз кимсиз?
Результаты
Всего ответов: 290
Архив записей
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

Yashash uchun dunyodagi eng qimmat shaharlar 2012

Дата: 06.05.2024
Автор: admin
Dunyodagi eng qimmat shaharlar reytingida yetakchi nomi o‘zgardi: bu yil birinchi o‘rinni Shveysariyaning Syurix shahri egalladi, sobiq yetakchi Tokiyo esa ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Bu haqda "Economist Intelligence Unit” tadqiqot markazi o‘zining rasmiy matbuot-relizida ma’lum qilgan, deya yozadi "Lenta.ru” nashri.
Eslatib o‘tamiz, "Economist Intelligence Unit” tadqiqot markazi har yili dunyodagi yirik shaharlarda yashash xarajatlarini ko‘rsatib beruvchi o‘zining "The Worldwide Cost of Living” hisobotini ishlab chiqadi.
Reytingning kuchli o‘ntaligiga asosan Yaponiya, Shveysariya va Avstraliya shaharlari kirgan bo‘lib, buning asosiy sababi sifatida ushbu davlatlar milliy valyutasi kursining mustahkamlanishini keltirishimiz mumkin. Chunki, reytingda dunyo shaharlaridagi yashash xarajatlari AQSh dollari asosida hisoblanadi.
Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasini Jeneva shahri egallagan bo‘lsa, to‘rtinchi o‘rinni – Osaka, beshinchi o‘rinni esa – Oslo shahri band qildi. Kuchli o‘nlikka yana Parij, Sidney, Melburn, Singapur va Frankfurt shaharlari ham kirgan.
Yashash uchun dunyodagi eng arzon shaharlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, reytingga kiritilgan jami 130 ta shahardan eng oxirgi ikkitasini mos ravishda Mumbay va Karachi egallagan.
Reytingni tuzishda "Economist Intelligence Unit” tadqiqot markazi ushbu shaharlarda sotiladigan 160 turdagi mahsulotlar va xizmatlar narxlarini hisobga olishgan.
Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 1747