Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Сайтимиз дизайини сизга ёкдими?
Результаты
Всего ответов: 161
Архив записей
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

YASHAGIM KELYAPTI

Дата: 29.04.2024
Категория: Sevgi / Любовь
Автор: admin


Nigina yo'lda ketib borarkan, bekat yonida sikripkada kuy chalib o'tirgan kishiga ko'zi tushdi... 7-dekabr 2010-yil shoshib mashina yo'lidan o'tib ketayotganda uzoqdan kelayotgan avtomobilni ko'rmay qoldi. Yurak urushi tezlashib, ko'zini yumdi... Soniyalardan so'ng ko'zlarini ochdi, uni bir yigit qutqarib qolgandi. Nigina ko'zlarida yosh, unga minnatdorchilik bildirardi. Ular shu kundan do'stlashib qolishdi. Yigitning ismi Abror edi va shu kuni uning tug'ilgan kuni edi. Ularning oralarida sir bo'lmas, bir-birlari bilan suxbat qurib, hech zerkishmasdi. Abror Niginaning beg'uborligidan quvonardi, uni yo'qotishdan qo'rqardi, uni sevardi. Ularning uchrashuv joylari shu bekat, mana shu kuy ostida edi. Ilk bor shu yerga kelishganida ham shu kuy yangrar edi. Vaqt o'tib, Nigina ham uni sevishini angladi... 7-sentabr 2011-yil tanishishganiga 10 oy bo'ganida uchrashishdi, yana shu kuy va yana shu bekat. Bir birlariga dil izhori qilishdi. Ular juda xursand edilar. Shu payt Abrorning ko'ksida og'riq turdi. Nigina ko'rmasligi uchun unga jilmayardi. "Ey, Xudoyim, o'zing sharmanda qilma, so'nggi bora to'yib olay" derdi. Nigina buni sezmas, nimalarnidir gapirardi... Abror behol yerga yiqildi...Nigina uni shifoxonaga olib bordi. 
Abrorni "reanimatsiya" bo'limiga olib kirib ketishdi. Bir ozdan so'ng 
shifokorlar chiqib, Niginaga kirishini aytishdi. Nigina kirdi, 
ko'zlarida hayrat va yosh... Abror unga tikilib "Nigina yashagim 
kelyapti, sen uchun, beg'uborim baxtli bo'l" deb qo'liga xat 
tutqazdi. Nigina xatni ochdi "Urib tursang edi hasta yuragim, 
Niginam qo'lidan dadil tutardim..." Nigina chiday olmadi so'zsiz 
yig'lab Abrorga tikildi. Ammo Abrorning ko'zlari yumuq edi... 7- 
dekabr 2011-yil Abrorning tug'ilgan kuni, uni yo'qotganiga 3 oy 
bo'ldi. Uning qabridan qaytar ekan, uni tabrikladi, qabriga gullar 
qo'ydi. Endi Nigina tanish bekat, tanish kuy oldida turardi. Mayin 
jilmaydi va mashina yo'liga chiqdi. Uzoqdan avtomobil katta 
tezlikda kelardi... Bu safar Niginada qo'rquv emas, yuzida mayin 
tabassum bor edi....

 

Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 1983