Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Ёшингиз нечида?
Результаты
Всего ответов: 372
Архив записей
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

Unda ichkariga marhamat qilsinlar!

Дата: 06.05.2024
Категория: Ibratli hikoyalar
Автор: admin

...Do`zax to`lib qolgan emish. Hayotlik chog`ida qilgan gunohlari tufayli Do`zaxga yuborilgan odamlar ichkariga kirolmay, navbat kutib turib qolishibdi. Ahvol shu darajaga boribdiki, Shayton ularni Do`zaxga sig`dirish uchun astoydil bosh qotirishga majbur bo`libdi. Do`zaxdagi nazoratchi shaytonvachchalardan surishtirsa, ular atigi bittagina bo`sh joy borligini aytibdilar. Shayton jahannam to`ridagi bu joyga eng gunohkor odam tashlanishi kerak deb hisoblab, odamlardan:
- Orangizda odam o`ldirgan, qotil kimsalar bormi? - deb so`rabdi.
Ҳech kimdan sado chiqmagach, u gunohkorlardan hayotlik chog`larida qanday gunoh ishlar qilganliklari haqida birma-bir so`ray boshlabdi. Ammo ularning bergan javoblaridan Shaytonning ko`ngli to`lmay, hech qaysi gunohkorni jahannam to`ridagi so`nggi bo`sh o`ringa tashlashni lozim ko`rmabdi. 
Shu payt Shaytonning nigohi gunohkorlarga qo`shilmay, bir chekkada sukut saqlab turgan odamga tushib, unga ham o`sha savolini beribdi:
- Sen nima gunoh qilgansanki, bu erdasan?
- Men... hech qanday gunoh ish qilmaganman, - debdi haligi kishi. - Ҳayotligimda juda yaxshi odam edim. Birovlarni noo`rin ranjitmadim, hech kimning haqiga xiyonat qilmadim. Menimcha, bu erga meni yanglish yuborishdi. Ҳa, ha, ular meni Do`zaxga adashib yuborishdi. 
- Bu yoqlarda adashishmaydi! - dedi Shayton qat`iy. - Eslab ko`r, harqalay qandaydir gunoh ish qilgan bo`lishing kerak. Odam zoti hayoti davomida qandaydir xatoga yo`l qo`yadi, gunoh ishlar qiladi. 
- Men hech qanday gunoh qilmaganman! - deb o`z so`zida turib olibdi «yaxshi» odam. - Ҳayotda o`z birodarlariga xiyonat qilgan juda ko`p odamlarni ko`rdim, ammo men ular kabi bo`lmadim. Etimlarning haqini eyishganda ularga qo`shilmadim. Atrofimda yomonlik qilishni kasb qilib olgan, o`zgalarga zulm va zug`um qiluvchi qanchadan-qancha odamlar bor edi. Men ularga qo`shilmadim. Nafs yo`liga yurmadim. Doimo yolg`iz, ibodat bilan mash¬g`ul bo`ldim. O`ylaymanki, hech qanday gunoh ishga qo`l urmadim. 
- Shuncha gunoh ishlarga guvoh bo`la turib, nahotki hech narsa qilmagan bo`lsang? - ajablanibdi Shayton. 
- Ҳech narsa qilmaganman! - takrorlabdi «yaxshi» odam. 
- Unda ichkariga marhamat qilsinlar! Chunki bu o`ringa sendan munosibrog`ini topa olmayman, - debdi shayton va malaylariga uni jahannamning eng tubiga tashlashlarini buyuribdi... 
Alqissa, gunoh ishlarni qiluvchilargina emas, balki ularning qilmishlarini ko`rib-bilib turib, to`g`ri yo`lga boshlamagan, bu yo`ldan qaytarmagan, o`zini bilib, o`zgalarga beparvolik qilgan kishilar ham birdek gunohkordirlar.
Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 2225