Dunyoda
insonlarga olloh tomonidan sevish va sevilishdak baxt berilgan. Biz insonlar
qiziqmiz. Agarda bironta qizni bir yigit sevib qolsa, u qizning nomi yurgan qiz
deb atalib peshanasiga tamg'a bosiladi. Hali u qiz u bolani ko'rmaganam. U
qizning aybi sevilganidami yoki chiroyidami. Yoki sevilmagan qizlar o'ylab
chiqarayotgan malomat toshlaridir. Sevilish ayb emas, sevish ham. Shu mavzu
yuzasidan bir hikoya bor edi sizlarga ushbu hikoyani bayon etaman.
"SEVIB
SEVILMAGAN QIZLAR" : yohud sevilmagan qizning qasosi
-Asli
hikoya Go'zalni Bobur sevib qolishidan boshlandi. Rayhona bilan Go'zal dugona
edilar. Rayxona Boburni ancha vaqtlardan biri sevar edi.Unga befarq emasligini
bir necha bor unga bildirmoqchi bo'ldi-yu, lekin har gal Bobur undan o'zini
olib qochar edi. Bir kuni Bobur Go'zalga sevgi xati yozdi. Go'zal xatga
qayrilib ham qaramadi xatni olib kelgan odamga: "boshqa menga xat olib
kelmang do'stizga ayting boshqa xat yozmasin." Go'zalning yuragi g'ash
bo'ldi. Chunki u bilardi Rayhon Boburni sevishini. Rayhon xat kelganini bildi
va Go'zalga boshqacha qarab qo'ydi. Shunda Rayhon ning jahli chiqib,
sinfdoshlariga "Go'zal Boburga suykalib yurubdi degan gap chiqardi. Bu gap
butun mahallaga yoyildi. Bu gapni Go'zalning otasi ham eshitdi. Rayhon shu yo'l
bilan Go'zalni azoblantirmoqchi bo'ldi. Kunlarning birida Go'zal kuchada ketib
borardi. Yo'lda gaplashib turgan qo'shni ayollarning gaplari qulog'iga
elas-elas eshtilardi:-Qo'shnijon anavi Ahmat akani qizi Go'zal qo'shni
mahalladagi Bobur bilan oshiq- moshiq bo'lib yurarmish eshitizmi? Go'zal yaxshi
qiz edi shekile!? Guzal qo'shnilari oldidan salom berib o'tib ketar ekan yuragi
o'rtanib ketdi o'ziga o'zi:- "aybim nima? aybim sevilganimi ! Ko'zlaridan
marjon kabi oqayotgan yoshlarini bilintirmasdan arti. O'qishga kechikayotgan
edi shuning uchun qadamlarini tezlatdi. Aslida uning ko'ngli Boburda emas edi.
O'qishga borsa ham hammaning og'zida shu gap. Go'zal o'zini hech nimani
bilmagan odamdek darsiga kirib ketdi. Uyga juda yomon ahvolda keldi. Ko'ngliga
chiroq yoqsa yorishmasdi. Ahmad aka ulfatlari bilan o'tirardi. Hadan ziyod
kayfi oshib qolgan Ahmad akaning do'sti Zoir aka behosdan Go'zal haqida aytib
qoldi. Kech tushdi Go'zal onasi ekalasi ovqatlanib o'tirishardi. Shu vaqt eshik
taqiladi Go'zalning otasi mast ahvolda uyga kirib keldi. Ko'zlarida nafrat o'ti
yonmoqda dastirxon ustidagi pichoqni olib bir rafiqasiga, bir qiziga qaraydi. Hech
ekilanmay pichoqni, yakka-yu yolg'iz qizining bag'riga pichoqni sanchidi. Nima
bo'layotganini anglolmay qolgan Go'zalning og'zidan faqat bitta so'z:"nima
uchun!!!" degan so'z chiqdi halos. Otasi qizining jasadiga qarar ekan
"qizim meni kechir men nomus oldida ojiz qolgandim" deya yoshlarini
yashirolmadi. Hali 17 yoshga kirmay birovlarning be o'rin bilib bilmay gapirgan
tuhmatlari evaziga bu hayotdan ko'z yumdi. Bechora onaezor, turmush o'rtog'i
tomonidan o'ldirilgan qizining uzun sochlarini silab o'tirardi. Hali hayotning
zavqini tuyushga ham ulgurmadi.Yotadi yerda jonsiz. Osmonga farishtalar kabi
uchib ketmoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki tuhmatdan ollohning o'zi
asrasin
Muallif:
Gulnoza