Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Afina.Uz сайти сизга ёкдими?
Результаты
Всего ответов: 155
Архив записей
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

«Samandar Shou» dasturini tomosha qildingizmi?

Дата: 06.05.2024
Автор: admin

Biz Samandar Hamroqulovni anchadan beri bilamiz. Uning ijodiy hayotiga nazar tashlasak, albatta faqatgina ajralib turadigan, original jihatlariga e'tiborimiz tushadi. Demak, undan doimo aynan mana shunday original ijod namunalarini kutamiz. 2012 yilda Samandar bir qator katta rejalar tuzgan. Bu haqida bilishni istaysizmi? Sevimli xonandamiz vatan himoyachilariga atab "Chegarachi o'g'lon" nomli yangi qo'shiq kuyladi. Ushbu qo'shiq so'zlari shoira Gulbahor Mo'minova qalamiga mansub, musiqasi esa bastakor Baxtiyor Qurbonov ijodidan. Xuddi shu ijodkorlar bilan farg'oncha uslubda "Bevafo yorim" taronasini ham kuyladi. Shuning bilan birga Samandar Farg'ona vodiysidagi telekanallardan birida o'zining "Samandar shou" nomli mualliflik ko'rsatuvini ham yo'lga qo'ydi. Bu dasturning maqsadi, yosh iste'dod egalarini namoyon etish. Albatta, yosh ijodkorlardan tashqari elimiz suygan xonandalar ham ko'rsatuv mehmoni bo'lishadi. Hozirgi kunga qadar O'lmas Olloberganov, Diyor Mahkamov, Sirojiddin kabi ko'plab estrada yulduzlari "Samandar shou" dasturida mehmon bo'lishdi. 2012 yilda Samandar katta rejalarni amalga oshirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Ushbu rejalar haqida yana alohida to'xtalamiz.

Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 775