Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Afina.Uz сайти сизга ёкдими?
Результаты
Всего ответов: 155
Архив записей
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

«Qiyin odamlar»

Дата: 06.05.2024
Автор: admin



Qanday qilib atrofdagilarning xulq-atvoriga ta`sir ko`rsatish mumkin? Buning iloji bormi o`zi? Bu savollar ko`pchilikni qiziqtirsa kerak. 
Mashhur ruhshunos Deyl Karnegi insonga ta`sir ko`rsatish qoidalari mavjudligini bayon etib, deydiki:
Bahsda g`olib chiqishning yagona usuli - bahsni chetlab o`tishdir.
O`zgalar fikrini hurmat qiling. Ularning nohaq ekanlarini hech qachon o`zlariga ochiq aytmang.
Agar o`zingiz nohaq bo`lsangiz, buni tezda tan oling.
Gapni do`stona ohangda boshlang.
Boshqa odamga ko`p gapirish uchun imkon bering, o`zingiz kam gapirishga harakat qiling.
Boshqa odamlarning g`oyalari va xohishlariga xayrixohlik bilan munosabatda bo`ling. 
Dunyoda shunday odamlar borki, nechog`lik joningizni jabborga berib harakat qilmang, baribir Sizga tarafdorlik qilmaydilar. Bunday odamlar ruhshunoslar tilida «qiyin odamlar» deyiladi. Ruhshunos R.Bremsonning ta`kidlashicha, «qiyin odam»ni quyidagicha tasniflash mumkin:


1. Tajovuzkorlar

Bu toifaga mansub kishilar o`zlariga quloq solmaganlarni darhol janjalga jalb etadilar. Ularni achchiq so`zlar bilan «siylaydilar». Ular orasida «tanklar» alohida ajralib turadi. «Tanklar» mutlaqo besharm va dag`al odamlar bo`lib, «atrofdagilarning hammasi menga yo`l bo`shatishi kerak» deb o`ylaydilar. Ko`p hollarda faqat o`zlarini haq deb biladilar va boshqalarning ham buni tan olishini istaydilar. «Snayperlar» ham shu toifadan. Bundaylar payt poylab turib, pinhoniy, aldam-qaldam yo`llar bilan raqibidan ustun kelmoqchi bo`ladilar. Siz «snayper» bilan muzokaraga kirishar ekansiz, o`zingizning xotirjam, tinchlikparvar, bosiq fe`l-atvorli inson ekanligingizni ko`rsating. Agar uning «panadan turib» o`zingizga nisbatan dushmanlik qilganligi haqida rad etib bo`lmas dalillarga ega bo`lsangiz, ularni hech bir qizishmasdan, xotirjam ohangda sanab bering. Bunda «dushmanlik»ning haqiqiy sabablarini aniqlash oson bo`ladi.
«Portlovchilar» ham shu toifa vakillaridir. Bundaylar tabiatan yomon odamlar bo`lmasalar-da, lekin o`zlarini boshqara olmasliklari atrofdagilarda ular haqida yaxshi taassurot shakllanishiga to`sqinlik qiladi. Ҳissiyotlarning «portlashi» mazkur odamlarning qo`rqoq va ojizligini anglatadi. Agar «portlovchi» bilan munosabatingizni oydinlashtirmoqchi bo`lsangiz, uning hamma his-tuyg`ulari yuzaga chiqishiga imkon bering (mayli, to`ygunicha baqir-chaqir qilsin). So`ng vujudga kelgan muammoni xotirjam muhokama etish haqida unga taklif kiriting. Lekin uning darhol «portlab ketgani»ni aslo gapirmang. O`zingizni u bilan risoladagi inson bilan muomala qilayotgandek tuting. Buni ko`rgach u vaziyatni qo`lga oldim deb o`ylaydi. Siz esa suhbatni xotirjam davom ettira olasiz. 
2. Shikoyatchilar

Bu toifadagi kishilar har qanday sharoitda ham biror narsa to`g`risida shikoyat, gina qilishga bahona topadilar. Ҳamisha nimalardandir noliydilar. Butun dunyo boshdan-oxir gunohlarga to`lib ketgan deb hisoblaydilar. Ammo o`zlari hech bir ishda hech qanday mas`uliyatni bo`yinga olmaydilar, biror muammoni hal etish uchun hatto qo`llarini sovuq suvga ham urmaydilar. Odatda, hech kim «shikoyatchi»ning so`zlariga jiddiy munosabatda bo`lmaydi. Bu uning hamisha norozi bo`lib yurish sabablaridan biridir. Shuning uchun ham «shikoyatchi»ning so`zlarini (u haqmi, nohaqmi - buning ahamiyati yo`q) xotirjam tinglang. Uni yaxshi tushunib turganingizni anglatsangiz, muloqotda muvozanatni egallaysiz. 
3. Indamaslar

Bu toifaga kiruvchilar kam gapiradigan, bosiq odamlar hisoblanadi. Ular ichidagini sirtiga osonlik bilan chiqarmaydilar. O`zlarining o`y-fikrlari, niyatlarini deyarli oshkor etmaydilar. «Indamas» odatda uyatchan bo`lganligidan yoki hech kim uning fikr-mulohazalarini inobatga olmasligidan, dilidagilarni hech kimga oshkor etmasligi kerakligiga qat`iy ishonadi va «miq» etmaydi. Shuning uchun unga xayrixohlik va hamdardlik bilan munosabatda bo`ling. Bunday odamning muttasil «Ҳa» yoki «Jo`q» deb qisqa javob berishlari yoki javob o`rniga bosh irg`ashlari ko`p hollarda suhbatdoshning sabr kosasini to`ldirib yuborishi mumkin, biroq nachora! Siz shunday shaklda suhbat quringki, «indamas» bosh irg`ashu «Ҳa», «Jo`q»lar bilan cheklana olmasin.
4. Mo`min-qobillar

Bular har qanday masalaga «xo`p» deguvchilardir. Ammo ularning aksariyati va`dasining ustidan chiqmaydi. Ya`ni, bular so`zi boshqa-yu, ishi boshqa odamlardir. Bunday odamga nisbatan qat`iy muvozanatda bo`ling. Undan faqat haqiqatni gapirishni talab qiling. Uning u yoki bu masala to`g`risidagi qat`iy fikrini eshitishni istashingizni, undagi haqiqatgo`ylik va qat`iyat o`zingiz uchun aziz ekanini, uning hamma narsaga «xo`p» deyishi, rozi bo`lishi siz uchun muhim emasligini ochiq-oydin ayting.


5. Mangu pessimistlar
Bu toifadagilar hech bir ishdan biror natija chiqishiga ishonmaydilar va shuning uchunmi, faqat muvaffaqiyatsizlik bilan to`qnashadilar. 
6. Ҳamma narsani biluvchilar
Bundaylar o`zlarini o`ta aqlli odam hisoblaydilar va shuning uchun ham o`zlarini boshqalardan ustun qo`yadilar. Ko`p hollarda ularning hamma narsani bilishlari haqidagi da`volari davr imtihoniga dosh bera olmaydi. Oqibatda, ularning chinakam bilag`on emasliklari, aksincha, hamma narsani biluvchi odam rolini o`ynaganlari oshkor bo`lib qoladi.


7. Stoperlar

Bu toifadagilar xato qilib qo`yishdan juda qo`rqadigan, shu sababli ham aksariyat vaziyatlarda biror qarorga kela olmay yuradigan odamlardir. Ular hamma masalalarda «orqaga cho`zish» usulini qo`llaydilarki, natijada ma`lum muddat o`tib, qaror qabul qilishga umuman ehtiyoj qolmaydi yoki qaror «stoperlar»ning ishtirokisiz qabul qilinadi. 
Agar «mangu pessimistlar», «hamma narsani biluvchilar», «stoperlar» bilan ro`para kelsangiz, ochiq muloqotda ularning qalbiga qo`l solishga urining. Imkoni bo`lsa, ularning pinhoniy manfaatlarini aniqlashga harakat qiling. Shundagina ular bilan osonroq til topishasiz. 
«Qiyin odamlar» bilan so`zlashar ekansiz, asosiysi, INSON bilan suhbat qilayotganingizni unutmang!


Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 1965