Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Сайтимиз дизайини сизга ёкдими?
Результаты
Всего ответов: 161
Архив записей
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

Nokia kompaniyasi MeeGo operatsion tizimida ishlovchi N9 smartfonini namoyish qildi

Дата: 06.05.2024
Автор: admin

Nokia kompaniyasi Singapurda o‘tgan Nokia Connection konferensiyasida MeeGo 1.2 mobil operatsion tizimi bazasida ishlovchi o‘zining yangi N9 smartfonini namoyish qildi. Bu haqda Nokia o‘zining rasmiy blogida ma’lum qilgan.



Ushbu smartfonga jahonga mashhur "Texas Instruments” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1 Ggs chastotali OMAP3630 protsessori, 1 Gb operativ xotira hamda 3,9-dyumlik AMOLED ekran o‘rnatilgan. Apparat to‘lig‘icha sensordan iborat bo‘lib, uning old panelida hech qanday tugmachalar mavjud emas. Ekran himoyasini yechish uchun uning ustiga ikki marta bosish kifoya.

Nokia N9 smartfonining orqa paneliga yuqori kengaytmali videolarni tasvirga olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 8 megapiksellik kamera o‘rnatilgan. Smartfonga qisqa masofalarda ma’lumotlarni simsiz o‘tkazish uchun NFC chipi hamda GPS moduli ham o‘rnatilgan.

Smartfonda navigatsion ilova-dasturi sifatida Nokia Maps o‘rnatilgan bo‘lib, u piyodalar va avtomobil haydovchilari uchun qadamma-qadam navigatsiya funksiyasini ham bajaradi. Smartfonga o‘rnatilgan brauzer Webkit 2 dvijogi asosida ishlaydi va HTML5 veb-standartini qo‘llab-quvvatlaydi.

Apparat 2011-yilda sotuvga chiqariladi. Biroq, sotuvga chiqarilishning aniq vaqti va uning narxi haqida hali batafsil ma’lumotlar mavjud emas. Ma’lum bo‘lishicha, Nokia N9 smartfoni ikki versiyada – 16 va 64 gigabayt ichki o‘rnatilgan xotiraga ega variantlarda hamda uch xil – qora, havo rang va pushti rangdagi korpuslarda ishlab chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, MeeGo operatsion tizimi Linux yadrosida yaratilgan bo‘lib, uni Nokia va Intel kompaniyalari birgalikda ishlab chiqqan. Nokia kompaniyasi Microsoft bilan strategik alyans tuzganidan so‘ng, Nokia endi MeeGo platformasida smartfon ishlab chiqarmaydi degan mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq, kompaniya rahbariyati keyinchalik bu xabarning ishonchsiz ekanligini ma’lum qilgan.

Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 1364