Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Сайтимиз дизайини сизга ёкдими?
Результаты
Всего ответов: 161
Архив записей
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

Gollivudda “ОСКАР mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

Дата: 08.05.2024
Категория: Хориж Филмлари
Автор: daminiki

   

Los-Anjelesda "Oskar” kino mukofotiga nominantlar e’lon qilindi. Stiven Spilbergning "Linkoln” filmi 12 ta nominatsiyada ko‘rsatilgan bo‘lsa, nominatsiyalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Eng Lining "Pining hayoti” filmi kelmoqda.


    "Eng yaxshi film” nominatsiyasiga yuqoridagi filmlardan tashqari, Mixael Xanekening "Muhabbat”, Ben Afflekning "Argo operatsiyasi”, Tom Xuperning "Xo‘rlanganlar”, Kventin Tarantinoning "Ozod bo‘lgan Jango”, Devid O.Rasselning "Yigitim - telba”, Ketrin Bigelouning "Birinchi raqamli nishon" va Ben Zaytlinning "Yovvoyi janub hayvonlari” kartinalari da’vogarlik qilmoqda. Rejissyorlar nominatsiyasida Xaneke, Zaytlin, Li, Spilberg va Rassel ko‘rsatilgan. 

    Eng yaxshi ayol roli uchun mukofotni Jessika Chesteyn ("Birinchi raqamli nishon"), Kvenjane Uollis ("Yovvoyi janub hayvonlari”), Naomi Uotts ("Imkonsiz”), Jennifer Lourens ("Yigitim - telba”) va Emmanuel Riva ("Muhabbat”) olishi mumkin. Uollis butun Oskar mukofoti tarixida bosh rol uchun nomzodi qo‘yilgan eng yosh aktrisaga aylandi: uning yoshi bor-yo‘g‘i 9 da. 
   Erkaklar nominatsiyasida Bredli Kuper ("Yigitim - telba”), Deniel Dey-Lyuis ("Linkoln”), Xyu Jekman ("Xo‘rlanganlar”), Xoakin Feniks ("Usta”) va Denzel Vashington ("Ekipaj”) taqdim etilgan.
    Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roliga Kristof Vals ("Ozod bo‘lgan Jango”) , Robert de Niro ("Yigitim - telba”), Alan Arkin ("Argo operatsiyasi”), Tommi Li Jons ("Linkoln”) va Filipp Seymur Xoffman ("Usta”) nomzodlari qo‘yilgan. Ikkinchi plandagi ayollar roliga Salli Fild ("Linkoln"), Enn Xeteuey ("Xo‘rlanganlar"), Xelen Xant ("Surrogat"), Jeki Uiver ("Yigitim - telba") va Emi Adams ("Usta")taqdim etilgan.
   To‘liq metrajli multfilmlar toifasida "Jasur yurakli” (rejissyorlar Mark Endryus va Brenda Chepman), "Frankenvinni" (Tim Byorton), "Paranorman, yoki zombini qanday qo‘lga o‘rgatish mumkin" (Sem Fell va Kris Batler), "Qaroqchilar! Omadsizlar bandasi" (Piter Lord) va "Ralf" (Rich Mur) filmlari da’vogarlik qilmoqda.
 Rossiyadan nomi ko‘rsatilgan Karen Shaxnazarovning "Oq yo‘lbars" multfilmi short-listga kirmadi.
  Amerika kinoakademiyasining mukofotlarini 85-bor topshirish marosimi 24 fevral kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Uni "Griffinlar” multserialining yaratuvchisi Set Makfarleyn olib boradi. U aktrisa Emma Stoun bilan nominantlarni e’lon qildi. 

 

Прикрепления: Расм 1 · Расм 2
Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 787