Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Сиз кимсиз?
Результаты
Всего ответов: 290
Архив записей
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

Coca-Cola ichimligining maxfiy formulasi saqlanadigan joy o‘zgartirildi

Дата: 06.05.2024
Автор: admin


Amerikaning Coca-Cola kompaniyasi 86 yildan beri ilk marta o‘zining butun dunyoga mashhur gazlangan ichimligining maxfiy formulasi saqlanadigan joyni o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda 8-dekabr kuni "Agence France-Presse” axborot agentligi xabar tarqatgan.

Kompaniya rahbariyatining ma’lum qilishicha, Coca-Cola ichimligining qo‘lda yozilgan retsepti saqlanadigan seyf 1925-yildan beri turgan bank qutisidan olinib, Jorjiya shtati, Atlanta shahridagi "World of Coca-Cola” muzeyiga ko‘chirilgan.

"Bu Coca-Cola tarixidagi o‘zgacha kun va mashhur ichimlikning 125-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarning eng cho‘qqisidir”, – deydi kompaniya rahbari Muxtar Kent.

Eslatib o‘tamiz, Coca-Cola ichimligining retsepti 1886-yilda Atlanta shahrida yashovchi farmatsevt Jon Pemberton tomonidan o‘ylab topilgan. Ichimlikning formulasi o‘sha paytdan beri judayam maxfiy tarzda saqlanib kelinmoqda hamda uni faqatgina sanoqli kishilargina biladi xolos.

1919-yilda kompaniyaning o‘sha paytdagi rahbari Ernest Vudraf Nyu-Yorkdagi bankdan qarz olgan va garov evaziga ichimlikning formulasi yozilgan retsepni qo‘ygan. Qarz 1925-yilda qaytarilgan, retsept esa o‘shandan beri Atlantadagi "SunTrust” bankida saqlanib kelinmoqda edi.

Kompaniya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili butun dunyo bo‘ylab 200 dan ortiq mamlakatda Coca-Cola kompaniyasining 1,7 milliarddan ortiq mahsuloti iste’mol qilinadi.


Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 1282