Форма входа
Логин:
Пароль:
Меню сайта
Одноклассники
Реклама
Поиск
Мини - чат
Для добавления необходима авторизация
Сиз кимсиз?
Результаты
Всего ответов: 290
Архив записей
Категория
Соундтрекы
Статистика

Хозир сайтда: 1
Мехмон: 1
Фойдаланувчи: 0

4 yanvarni kutgan Xitoyliklar!!!

Дата: 08.05.2024
Автор: daminiki

Xitoyda 2013 yil 4 yanvar kuni o‘z nikohlarini rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan yoshlar soni oshib ketdi.

 

         Xitoyliklarni kalendari bo‘yicha 13-1-4 sanasi xitoy tilida «Men seni abadiy sevaman» (爱你一生一世, ay ni i shen i shi) iborasiga monand ravishda yangraydi. Shu bois, ko‘pchilik xitoylik yoshlar aynan shu kuni o‘z munosabatlarini rasmiylashtirishga qaror qildilar. 

       Sovuq bo‘lishiga qaramay, nikohni qayd etuvchi muassasalar eshigi oldida uzundan-uzoq navbatlarni ko‘rish mumkin edi.  Poytaxt Pekinning o‘zida 10 mingga yaqin juftlik nikohdan o‘tishni rejalashtirgan. Shu kuni mamlkatdagi aksariyat restoranlarda nikoh banketlari o‘tkazildi. E’tiborlisi ularning ko‘pchiligi bundan ancha avval buyurtma qilib bo‘lingan.

         Shunga o‘xshash holat o‘tgan yilning 12 dekabr kuni ham kuzatilgandi. Xitoyda bir hil sonlardan iborat 12.12.12 kabi sanalar omad keltiradi, deya hisoblashadi.  Nikohdan o‘tishni istovchilar soni ko‘p bo‘lgani uchun o‘sha kuni baxt uylariga qo‘shimcha xodimlarni ham ishga chaqirishga to‘g‘ri kelgan. 

4 yanvar kuni ham "Men seni abadiy sevaman" tarzida yangragani uchun mamlakat bo‘ylab fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish idoralariga yana yoshlar oqib kela boshlagan.

 

           Xitoyda sonlar ma’nosiga katta e’tibor qaratiladi. Masalan, "farovonlik" ma’nosini beruvchi 8 soni o‘ta muhim hisoblanadi. Pekin Olimpiadasi hm 2008 yilning 8 avgust kuni boshlangandi. O‘sha kuni ham mamlakat bo‘ylab nikohlar soni oshgani kuzatilgan. Tarkibida 8 soni bo‘lgan telefon raqamlari va mashina nomerlari narxlari juda qimmat turadi.

 

 

manba: darakchi.uz

 

 

Прикрепления: Расм 1
Скачать:
У вас нет прав для просмотра скрытого текста
Просмотров: 997